Formula 1 H2O ilk bor Issiqkoʻlda bo‘lib o‘tdi
Musobaqalar 31-iyuldan 2-avgustgacha Issiqkoʻlning janubiy sohilidagi Bayet qishlogʻi yaqinida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa dasturidan erkin mashgʻulotlar, saralash bahslari, ikkita sprint poygasi hamda asosiy start – Qirgʻiziston Gran-prisi oʻrin oldi. Issiqkoʻldagi bosqich Formula 1 H2O jahon chempionatining 2026-yilgi mavsumidagi ikkinchi poyga boʻldi.
Qirgʻiziston Gran-prisida amerikalik pilot Shaun Torrente gʻolib chiqdi. Ikkinchi oʻrinni shvetsiyalik Jonas Andersson, uchinchi oʻrinni esa estoniyalik Stefan Arand egalladi. Torrente bundan avval ham birinchi sprint poygasida gʻalaba qozonib, pole positionni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi sprint poygasida Andersson birinchi boʻldi.
Mazkur bosqich Qirgʻiziston uchun tarixiy voqea boʻldi. Issiqkoʻl ilk bor Formula 1 H2O taqvimidan oʻrin oldi, Qirgʻiziston esa Markaziy Osiyoda ushbu chempionat bosqichiga mezbonlik qilgan birinchi davlatga aylandi.
Qirgʻizistondagi bosqichning yana bir oʻziga xos jihati uning oʻtkazilgan joyi boʻldi. Dengiz sathidan 1 607 metr balandlikda joylashgan Issiqkoʻl Formula 1 H2O taqvimidagi eng baland togʻli bosqichga aylandi. Uzunligi 1 929 metr boʻlgan poyga trassasi Bayet qishlogʻi yaqinida, Ak-Maral va Chaika dam olish maskanlari oraligʻida tashkil etildi.
Formula 1 H2O – Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi (UIM) homiyligida oʻtkaziladigan jahondagi eng nufuzli suv-motor sporti chempionatidir.
Musobaqada soatiga 250 kilometrgacha tezlikka chiqa oladigan bir oʻrinli poyga katerlari ishtirok etadi. Yuqori tezlik va murakkab trassalar uygʻunligi Formula 1 H2Oni suvdagi halqa poygalarining eng yuqori toifasiga aylantiradi.
Ommabop
Astana Games of the Future musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda: 10 ming sayyoh va 800 nafardan ortiq ishtirokchi kutilmoqda
Astanada 29-iyuldan 9-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan xalqaro figital sport turniri – Games of the Future 2026 musobaqasiga tayyorgarlik yakunlanmoqda.
Qozog‘istonlik grossmeyster FIDE ayollar reytingining kuchli beshligiga kirdi
Bibisara Asaubayeva faoliyatida ilk bor Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida kuchli beshlikka kirdi.
Eldor Shomurodovning goli JCH–2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi
FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichidagi eng chiroyli gol bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish yakunlarini e’lon qildi. G‘oliblik O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovga nasib etdi. Uning Kongo DR darvozasiga uchrashuvning 10-daqiqasida kiritgan nafis «chip» uslubidagi zarbasi muxlislar ovoziga ko‘ra eng yaxshi gol deb topildi.


