Toshkent · payshanba, 17-sentabr, 2026
Lenta · Podkastlar · Arxiv
Axborot va publitsistik nashr
Xalqaro musobaqalar

Qirg‘iziston jamoasi kiberxavfsizlik bo‘yicha CTFtime jahon reytingining Top-20 taligidan joy oldi

Qirg‘izistonning Bishkek Bureau of Binary Bandits (B4) jamoasi xalqaro kiberxavfsizlik musobaqalaridagi natijalarni hisobga oluvchi CTFtime jahon reytingida 17-o‘rinni egalladi.

The Stans
17-sentabr, 2026 · Qirg'iziston · 1 daqiqa o'qish
Команда из Кыргызстана на международном соревновании по кибербезопасности
B4 jamoasi CTFtime jahon reytingidagi eng kuchli jamoalar qatoridan joy oldiSun'iy intellekt yordamida yaratilgan illustratsiya

16-sentabr holatiga ko‘ra, B4 jamoasi 562 664 reyting ochkosiga ega bo‘lib, Qirg‘izistondagi jamoalar orasida eng yuqori natijani qayd etgan.

2026-yilda B4 778 ta jamoa ishtirok etgan OmniCTF 2026 saralash bosqichida g‘olib bo‘ldi. Jamoa, shuningdek, TJCTF 2026 musobaqasida ikkinchi o‘rinni, UMDCTF va DalCTF turnirlarida esa kuchli beshlikdan joy oldi.

19-sentabr kuni B4 Ruminiyaning Konstansa shahrida bo‘lib o‘tadigan OmniCTF 2026 finalida qatnashadi. Finalda 12 ta jamoa ishtirok etadi.

Ulashish: