Markaziy Osiyo maktab o‘quvchilari Shimoliy qutb ekspeditsiyasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari «Ledokol znaniy – 2026» xalqaro ilmiy-ma’rifiy loyihasi g‘oliblari qatoridan joy oldi.

Joriy yilning avgust oyida g‘oliblar «50 let Pobedy» atom muzyo‘lgichida Shimoliy geografik qutbga ekspeditsiyaga yo‘l oladi.
Ekspeditsiyada Markaziy Osiyodan Anna Ragozina (Qozog‘iston), Meerim Turdumaxamatova (Qirg‘iziston) va Ezoza Beshimjanova (O‘zbekiston) ishtirok etadi.
Xalqaro tanlov 14–16 yoshdagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.
Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Ilmiy viktorina va ta'lim vebinarlari yakunlariga ko‘ra, har bir mamlakatda eng yuqori ball to‘plagan o‘nta ishtirokchi final bosqichiga yo‘l oldi. Finalda ular «Atom texnologiyalari bugungi dunyoni qanday o‘zgartirmoqda?» mavzusida ijodiy ishlarini taqdim etdilar. Xalqaro hakamlar hay'ati ishtirokchilarning nafaqat mavzu bo‘yicha bilimini, balki ijodiy yondashuvi, dalillarining ishonchliligi va taqdimot mahoratini ham baholab, har bir mamlakatdan bittadan g‘olibni aniqladi.
Ekspeditsiya Murmansk shahridan boshlanib, o‘n kun davom etadi. Sayohat davomida ishtirokchilar Shimoliy geografik qutbga yetib boradi hamda Arktika tadqiqotlari, zamonaviy texnologiyalar va atom energetikasiga bag‘ishlangan ta'lim dasturida qatnashadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ushbu loyihadagi ishtirok an'anaga aylanmoqda. 2025 yilda xalqaro tanlov g‘oliblari Lidiya Osennikova (Qozog‘iston), Bermet Usenova (Qirg‘iziston) va Alina Chembaeva (O‘zbekiston) bo‘lgan edi. Shu tariqa, ikkinchi yil ketma-ket mintaqa maktab o‘quvchilari dunyodagi eng noyob ilmiy-ta'lim ekspeditsiyalaridan birida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritmoqda.
Tashkilotchilar ma'lumotlariga ko‘ra, 2026 yilgi tanlovda eng ko‘p ariza aynan Qozog‘istondan kelib tushgan – 945 ta. Bu xalqaro saralashda ishtirok etgan barcha mamlakatlar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Ommabop
Quyosh energiyasi bilan elektromobil quvvatlash: Qozog‘istonda avtonom stansiya taqdim etildi
Ostona shahrida shahar elektr tarmog‘iga ulanmasdan ishlaydigan, quyosh energiyasida faoliyat yurituvchi to‘liq avtonom elektromobil quvvatlash stansiyasi taqdim etildi.
Tojikiston Starlink bilan yangi loyihalarni tayyorlamoqda
Tojikiston hukumati Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan mamlakat bo‘ylab qanday foydalanishni belgilovchi loyiha tayyorladi.
Qadimgi Quvada arxeologlar nimalarni topdi?
O‘zbekiston va Xitoyning qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi qadimgi Quva hududida mudofaa devori qoldiqlari va qadimiy madaniy qatlamlarni topdi.



