Tojikiston Starlink bilan yangi loyihalarni tayyorlamoqda
Tojikiston hukumati Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan mamlakat bo‘ylab qanday foydalanishni belgilovchi loyiha tayyorladi.

Loyihada maktablar, shifoxonalar, davlat muassasalari, raqamli davlat xizmatlari, sun’iy intellekt va raqamli kartografiyani rivojlantirish kabi yo‘nalishlar o‘rin olgan.
Yo‘l xaritasi loyihasi Tojikiston Prezidenti huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi tomonidan SpaceX/Starlink jamoasi bilan o‘tkazilgan onlayn uchrashuv davomida taqdim etildi.
Tomonlar yo‘l xaritasi ustidagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar va u uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam asos bo‘lishiga umid bildirdilar.
Ommabop
Qozog‘iston va Belgiya Parkinson kasalligini erta aniqlash uchun sun’iy intellekt texnologiyasini ishlab chiqadi
Qozog‘istonning Astana Hub markazi va Belgiyaning Gent universiteti Astanadagi Alem.ai xalqaro markazida sun’iy intellekt va matematika bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etmoqda.
Qozog‘istonda kelajak texnologiyalari bilan shug‘ullanadigan markazlar tashkil etiladi
Qozog‘iston Xitoy hamkorlari ko‘magida o‘z texnologiyalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Qo‘shma loyihalar qayta tiklanuvchi energetika, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni saqlash texnologiyalari kabi bir nechta yo‘nalishni qamrab oladi.
Markaziy Osiyolik talabalar xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
Markaziy Osiyo talabalari 27-sentabrdan 2-oktabrgacha Krasnoyarskda o‘tkazilgan VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida g‘oliblar va sovrindorlar qatoridan joy oldi.



