Almati BMTning yangi raqamli markaziga aylanadi
Yangi markaz Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan raqamli yechimlarni birlashtiradi va ilgari suradi. Markazni 2027-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Markazni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2026-yil aprel oyida qabul qilindi va BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga (ESCAP) a’zo 52 davlatning barchasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston rezolyutsiyaning hammualliflari qatoridan joy oldi.
Markaz Almati shahrida joylashadi. U ESCAPning mintaqadagi oltinchi shunday markaziga aylanadi. Hozirda bunday markazlar Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston va Eronda faoliyat yuritadi.
Yangi markaz, ayniqsa, eng kam rivojlangan davlatlar, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar va kichik orol davlatlariga e’tibor qaratadi. Ularga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqamli rivojlanishdagi tafovutni qisqartirishda ko‘maklashadi.
Qozog‘iston, shuningdek, markaz orqali o‘zining IT yechimlari va texnologiyalarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni rejalashtirmoqda.
Ommabop
Robototexnika bo‘yicha eng yaxshilar: O‘zbekiston terma jamoasi Incheonda oltin medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi 7–10-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi.
Sun’iy intellekt va sun’iy yo‘ldoshlar O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishga qanday yordam bermoqda?
Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va sun’iy intellekt ekinlar holatini kuzatish, suv resurslari bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilishga yordam beradi.
Markaziy Osiyoning besh davlati robototexnika bo‘yicha jahon maydonida
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tadigan FIRST Global Challenge 2026 musobaqasida Markaziy Osiyo nomidan qatnashadi.



