Toshkent · dushanba, 28-sentabr, 2026
Lenta · Podkastlar · Arxiv
Axborot va publitsistik nashr
Sport

Shax va mat: O‘zbekiston Samarqanddagi shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.

The Stans
28-sentabr, 2026 · O'zbekiston · 1 daqiqa o'qish
Шахматная доска с белыми и чёрными фигурами, включая поверженного короля
O‘zbekiston – 46-Jahon shaxmat Olimpiadasi g‘olibi — Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan illustratsiya

Bu O‘zbekistonning shaxmat Olimpiadasidagi ikkinchi oltin medali bo‘ldi. O‘zbekiston shaxmatchilari ilk bor 2022-yilda Hindistonning Chennay shahrida Olimpiada g‘olibiga aylangan.

11-tur – final bosqichida O‘zbekiston Ukraina bilan bahs olib borib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Turnir yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 20 ochko jamg‘ardi. Hindiston va Germaniya 18 ochkodan to‘pladi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muxiddin Madaminov ishtirok etdi. Jamoa murabbiyi Rustam Qosimjonov bo‘ldi.

46-Jahon shaxmat Olimpiadasi 2026-yil 15–27-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tdi.

Ulashish:

Ommabop