Turkmaniston va WWF noyob hayvonlarni muhofaza qilish uchun hamkorlik qiladi
Turkmaniston va Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (WWF) tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Memorandum 31-avgust kuni Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ovezgeldi G‘oshjonov va WWFning mintaqaviy direktori Jan-Pol Paddak tomonidan imzolandi.
Tomonlar 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqadi. Unga yovvoyi tabiatni muhofaza qilish, noyob turlarni asrash va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar kiradi.
Alohida e’tibor fors qoploni, kulan, Buxoro bug‘usi, jayron va Amudaryo kurakburuniga qaratiladi. Shuningdek, noyob qush va o‘simlik turlarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Turkmaniston va WWF ekologik koridorlar tashkil etish, tabiiy hududlarni tiklash, shuningdek, ilmiy bilim va tabiatni muhofaza qilish tajribasi bilan almashishni rejalashtirmoqda.
Kelishuvning yana bir muhim yo‘nalishi – Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik. U chegaradosh hududlarda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma ishlar va tajriba almashinuvini o‘z ichiga oladi.
Ommabop
Turkmanistonda “Green School” dasturiga yana 100 ta maktab qo‘shildi
“Green School” (“Yashil maktab”) dasturiga yana 100 ta maktab qo‘shildi. Endilikda loyiha mamlakat bo‘ylab 120 ta ta’lim muassasasini qamrab olmoqda.
Oʻzbekistonda tabiat haqidagi maʼlumotlar raqamlashtirilmoqda
28-iyul kuni Green Universityda biologik xilma-xillik hamda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar haqidagi maʼlumotlarni birlashtiruvchi milliy ECODATA platformasi taqdim etildi.
Markaziy Osiyo muzliklari: Nega ularning kelajagi mintaqaning har bir aholisi uchun muhim?
Muzliklar kamdan-kam hollarda yangiliklar markazida bo‘ladi. Biroq so‘nggi yillarda ular xalqaro kun tartibining tobora muhim mavzularidan biriga aylanmoqda.



