Turkman dizayneri Marokashda yangi kolleksiyasini taqdim etdi
Turkman dizayneri Göwher Pirkulyyeva-Gouvernet Marokashning Tanjer shahrida bo‘lib o‘tgan Tanger Fashion Week 2026’da yangi kolleksiyasini taqdim etdi.

Kolleksiyada dizayner an’anaviy turkman keşde kashtachiligi, milliy naqshlar va zamonaviy siluetlarni uyg‘unlashtirdi. Namoyish Fairmont Tazi Palace Tangier mehmonxonasida xalqaro moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Bu dizaynerning joriy yildagi ilk xalqaro namoyishi emas. Iyun oyida Pirkulyyeva-Gouvernet Ashxobodda o‘tkazilgan Turkmentextile Expo 2026 ko‘rgazmasida «Buyuk Ipak yo‘li izidan» nomli kolleksiyasini taqdim etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kolleksiya Marokashga qilgan safari va Maroc Fashion Weekdagi ishtirokidan ilhomlangan. Dizayner turkman milliy motivlarini marokash estetikasi bilan uyg‘unlashtirib, tarixan Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan fransuz jakkardi va parcha matolaridan ham foydalangan.
Yanvar oyida esa dizayner Parijdagi Musée Guimet – Osiyo san’ati milliy muzeyida Haute Couture Week doirasida o‘tgan Oriental Fashion Showda ishtirok etdi.
Pirkulyyeva-Gouvernetning aytishicha, sayohatlar va turli madaniyatlar bilan tanishish yangi g‘oyalarni topishga yordam beradi, shu bilan birga turkman an’analariga sodiq qolish imkonini ham beradi. Shu bois uning kolleksiyalarida zamonaviy siluetlar milliy kashtachilik va an’anaviy naqshlar bilan uyg‘unlashadi.
Ommabop
«Mad Max» yaratuvchisi Qozog‘istonga videomurojaat yo‘lladi
Afsonaviy film franshizasi rejissyori Jorj Miller 24–26-iyul kunlari Qozog‘istonning Qo‘naev shahrida bo‘lib o‘tadigan Drive Forum GREAT ORDA festivali ishtirokchilari uchun video murojaat yo‘lladi.
Xöömey qanday qilib Markaziy Osiyoning ramziy ovoziga aylandi
YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy mo‘g‘ul tomoq kuylash san'ati — xöömey bugungi kunda Markaziy Osiyoning ko‘chmanchi madaniyatini dunyoga tanitayotgan eng yorqin an'analardan biriga aylandi.
Axalteke oti – ko‘p ming yillik tarixga ega Turkmaniston timsoli
Joriy kuzda Niderlandiyada ilk bor Axalteke otlari bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Turkmaniston uchun bu shunchaki sport musobaqasi emas.



