O‘zbekiston Hindistonni tog‘-kon loyihalarida ishtirok etishga taklif qildi
Tomonlar Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumi doirasida tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar.

O‘zbekiston tomoni hind kompaniyalariga mamlakatdagi investitsiya imkoniyatlarini taqdim etdi hamda ularni turli loyihalarda ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, forum ishtirokchilari farmatsevtika, to‘qimachilik sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika hamda transport-logistika sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Muzokaralarda savdo aloqalarini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tomonlar savdo tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rib chiqdilar.
Ommabop
Qozogʻiston Li Auto, OMODA va JAECOO bilan yangi avtomobil loyihalarini eʼlon qildi
Hukumat Xitoyning Li Auto, OMODA va JAECOO avtomobil brendlarini, shuningdek, SITRAK avtonom yuk mashinalarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qildi.
