Toshkent · seshanba, 6-oktabr, 2026
Lenta · Podkastlar · Arxiv
Axborot va publitsistik nashr
Turizm

O‘zbekiston MrBeastni kutmoqda: mashhur YouTube blogeri Toshkentga keladi

Amerikalik YouTuber MrBeast (Jimmy Donaldson) O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 9-oktabr kuni u O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (ACDF) taklifiga binoan Toshkentda o‘tkaziladigan ochiq tadbirda ishtirok etadi.

6-oktabr, 2026 · O'zbekiston · 1 daqiqa o'qish
MrBeast в сером свитере стоит со скрещёнными руками на фоне серой стены.
Mashhur bloger MrBeast Toshkentga keladi — Foto: Tyren Redd / Wikimedia Commons (CC BY 4.0)

Blogger bilan uchrashuvda tasodifiy tanlov orqali saralangan ishtirokchilar qatnashadi. MrBeast mehmonlar bilan aynan qayerda uchrashishi hozircha sir tutilmoqda.

MrBeast YouTube’dagi eng mashhur kontent yaratuvchilardan biri. Jimmy Donaldson keng ko‘lamli chellenjlar, tajribalar, sovrinli aksiyalar va xayriya loyihalari orqali dunyoga mashhur bo‘lgan.

MrBeast ko‘ngilochar kontentdan tashqari, ijtimoiy tashabbuslari bilan ham tanilgan. U odamlarga yordam berish, xayriya va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘ygan, shuningdek, o‘z bizneslari va brendlarini rivojlantirmoqda.

Ulashish:

Ommabop