Faqat restoranlar emas: Qozog‘istondagi beshta mehmonxona MICHELIN Key mukofotini oldi
Qozog‘iston MICHELIN mehmonxonalar xaritasida ilk bor paydo bo‘ldi. Mamlakatdagi 14 ta mehmonxona MICHELIN Key Selection 2026 ro‘yxatidan joy oldi.

Ularning beshtasi One MICHELIN Key – mehmonxonalarga beriladigan MICHELIN mukofotining birinchi darajasiga sazovor bo‘ldi. Bu belgi mehmonlarga ayniqsa unutilmas tajriba taqdim etadigan mehmonxonalarga beriladi.
Ostona shahrida kalit The Veil Hotel, The St. Regis Astana va The Ritz-Carlton, Astana mehmonxonalariga berildi. Olmaotada esa The Ritz-Carlton, Almaty va Tenir Eco Hotel (Shymbulak Mountain Resort) ushbu mukofotga ega bo‘ldi.
Qolgan to‘qqiz mehmonxona MICHELIN Guide Selection ro‘yxatidan joy oldi. Ular – Sheraton Astana Hotel, Swissôtel Wellness Resort Alatau Almaty, Qazaq Auyl Eco Hotel, Qazaq Garden, Donatello Premium Almaty, Radisson Blu Hotel Almaty Airport, Zvezdnaya Eco-Hotel, YURTA Boutique Hotel va Turkistondagi Medina Palace Hotel.
MICHELIN Key tizimi 2024-yilda joriy etilgan. Hozir unda uchta daraja mavjud: One, Two va Three MICHELIN Keys.
Restoranlarga beriladigan MICHELIN yulduzlaridan farqli ravishda, MICHELIN Key mehmonxonaning taomlarini emas, balki mehmonning umumiy tajribasini baholaydi. Inspektorlar mehmonxonalarga anonim tashrif buyurib, arxitektura va dizayn, xizmat ko‘rsatish sifati, muhit, o‘ziga xoslik, narx va olingan taassurot o‘rtasidagi nisbat, shuningdek, mehmonxonaning joylashgan hududi bilan uyg‘unligini baholaydi.
Bu Qozog‘istonning MICHELIN Key tizimidagi ilk mukofotlari. Mamlakat 2026-yilda gidga qo‘shilgan 10 ta yangi yo‘nalish qatoridan joy oldi. Ular orasida Armaniston, Botsvana, Mo‘g‘uliston, Ruanda va boshqa davlatlar ham bor.
Ommabop
O‘zbekiston dunyodagi turizm eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlar qatoridan joy oldi
World Tourism Barometer ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga kelgan sayyohlar oqimi 25 foizga oshdi.
Tojikistondagi beshta petrogliflar majmuasi UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatiga taklif etildi
Pomir qoyalarida hayvonlar, odamlar va ov manzaralari tasvirlari saqlanib qolgan. Ular orasida geometrik belgilar va boshqa tasvirlarni ham uchratish mumkin.
Samolyotsiz besh mamlakat: Markaziy Osiyoni poyezdda qanday kezish mumkin
Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo bo‘ylab sayohat qilish, asosan, samolyotda uchishni anglatardi. Bir mamlakatdan boshqasiga quruqlik orqali borishdan ko‘ra, samolyotda uchish ko‘pincha osonroq va tezroq edi.



