Toshkent · payshanba, 17-sentabr, 2026
Lenta · Podkastlar · Arxiv
Axborot va publitsistik nashr
Tarix

Qashqadaryo viloyatida qadimiy altar topildi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Odirmon arxeologik yodgorligida olimlar qadimiy altar va marhumlarning qoldiqlarini saqlash uchun ishlatilgan ossuariy – maxsus idishni topdi.

The Stans
17-sentabr, 2026 · O'zbekiston · 1 daqiqa o'qish
Археологи исследуют древний алтарь на памятнике Одирмон в Кашкадарьинской области. На снимке видны остатки кирпичной кладки и археологические находки.
Qashqadaryo viloyatidagi Odirmon yodgorligida olib borilayotgan arxeologik qazishmalarFoto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

Altar yodgorlikning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Uning yuzasida olov izlari saqlanib qolgan. Inshootning balandligi qariyb 70 sm, kengligi esa 90 sm bo‘lib, uning poli pishiq g‘ishtlar bilan qoplangan. Arxeologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, altar yuzasidagi loy suvoq bir necha bor yangilangan. Bu inshootdan uzoq vaqt davomida foydalanilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Topilgan ossuariyning tashqi yuzasida bug‘u va archa daraxtiga o‘xshash tasvirlar saqlanib qolgan. Ularning ma’nosi hozircha aniqlanmagan. Mutaxassislar topilma restavratsiya qilingandan so‘ng tasvirlarni batafsil o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Odirmon arxeologik yodgorligi miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davrga oid.

Ulashish: