Turkmaniston ilk bor Bolalarni himoya qilish bo‘yicha milliy dasturni ishlab chiqmoqda
15-aprel kuni Ashxobodda Turkmaniston hukumati va UNICEF ko‘magida tashkil etilgan Idoralararo ishchi guruhning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Jarayon Turkmaniston Bosh prokuraturasi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda, ishchi guruh tarkibiga esa 10 ta davlat idorasi vakillari kiradi.
Ishchi guruhning asosiy maqsadi bolalarni himoya qilish va bolalar manfaatlariga xizmat qiluvchi odil sudlovning yagona tizimini yaratishdan iborat.
Kelajakdagi dasturning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga o‘z biologik oilasi bilan yashay olmaydigan bolalar uchun sifatli oilaviy parvarishni ta’minlash, bolalar bilan bog‘liq odil sudlov tizimini takomillashtirish, zo‘ravonlikning oldini olish hamda bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash kiradi.
Dastur loyihasini yil oxirigacha tayyorlash rejalashtirilgan. Uni ishlab chiqish jarayonida bolalar, oilalar va soha mutaxassislari ishtirok etadi.
Dastur Turkmaniston qonunchiligiga, jumladan 2023–2028-yillarga mo‘ljallangan Bolalar huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasiga, shuningdek xalqaro tavsiyalarga, xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Universal davriy sharh doirasidagi tavsiyalarga asoslanadi.
Ommabop
O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: Mirziyoyev kiberfiribgarlikka qarshi qo‘shma markaz tuzishni taklif etdi
O‘zbekiston 2027-yil 1-yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) raislik qiladi.
MDH davlatlari rahbarlari Turkmanistonda uchrashadi: Avazada prezidentlar nimalarni muhokama qiladi?
9-oktabr kuni Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm zonasida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘istonda yangi Qurultayga ilk saylovlar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 23-avgust kuni Qozog‘istonda mamlakatning yangi bir palatali qonun chiqaruvchi organi – Qurultay deputatlari uchun ilk saylovlar bo‘lib o‘tdi.



