"Marionetkalar": Aslida iplarni kim tortayotgani haqida o‘ylashga undaydigan ko‘rgazma
2026-yil 31-iyulgacha ARTepa maydonida shveysariyalik rassom Peter Aerschmannning "Marionetkalar" nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda texnologiyalar, iqtisodiyot va ekologik o‘zgarishlar insonning kundalik odatlari hamda xatti-harakatlarini qanday qilib sezilmas tarzda shakllantirishi tadqiq etiladi.

Aerschmann yigirma yildan ortiq vaqt davomida inson xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi ko‘zga ko‘rinmas va takrorlanuvchi jarayonlarni o‘rganib keladi. Uning videoinstallyatsiyalarida odamlar bir xil harakatlar, imo-ishoralar va kundalik marosimlarni qayta-qayta takrorlaydi — go‘yo ularni ko‘rinmas iplar boshqarayotgandek.
Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi ekologiya bo‘lsa-da, u bu masalaga odatdagidan boshqacha yondashadi. Bu yerda tabiatning o‘zi emas, balki inson va uning tanlovlari markazga chiqadi. Iste’mol, qulaylik va befarqlik umumiy tizimning bir qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, ko‘rgazma umid uyg‘otadi. Rassomning fikricha, inson o‘zini tashqi kuchlar boshqarayotgandek his qilgan taqdirda ham, u o‘zini bog‘lab turgan "iplar"ni anglab, keyingi yo‘lini mustaqil tanlash imkoniga ega.
Manzil: ARTepa, Astronomiya bog‘i
Davom etadi: 2026-yil 31-iyulgacha
Ommabop
Qozog‘istonlik muallif sun’iy intellekt yordamida yaratilgan filmi uchun xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi
Qozog‘istonlik ijodkor Myrzakhan Zhumakhan xalqaro Astana AI Film Festival 2026 festivalida Best Character nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston dizayner Mohamed Benchellal uchun qanday ilhom manbaiga aylandi
O‘zbekiston Davlat tarix muzeyida niderland-marokashlik dizayner va rassom Mohamed Benchellalning “Sculpting Past Tomorrow” (“O‘tmishni haykaltaroshlik orqali kelajak sari”) ko‘rgazmasi ochildi.
10 yo‘nalish, 9 davlat va 500 ga yaqin yosh iste’dod: Dushanbeda Delfiya o‘yinlari o‘tkazilmoqda
To‘qqiz davlatdan kelgan musiqachilar, xonandalar, rassomlar va raqqoslar o‘z san’ati va iste’dodini namoyish etish uchun Dushanbega jam bo‘ldi.



