Toshkent · chorshanba, 23-sentabr, 2026
Lenta · Podkastlar · Arxiv
Axborot va publitsistik nashr
Iqtisodiyot

Qirg‘iziston yong‘oqni brendga aylantirmoqchi

Qirg‘iziston o‘z yong‘oqlari uchun milliy brend yaratmoqda. Brend “Tabiiy qirg‘iz yong‘og‘i” (Tabigyi Kyrgyz Zhangagy) deb nomlanadi.

The Stans
22-sentabr, 2026 · Qirg'iziston · 1 daqiqa o'qish
Грецкие орехи в скорлупе - традиционный продукт Кыргызстана
Qirg‘iziston yong‘oqlarini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilishni rejalashtirmoqdaFoto: Engin Akyurt / Pexels

Loyiha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ko‘magida ishlab chiqilgan.

Brend uchun logotip va qadoqlash dizayni yaratiladi, mahsulotlarga esa uning kelib chiqishi haqida ma’lumot beruvchi QR-kodlar joylashtiriladi. Shuningdek, brendning alohida sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda har yili 44 ming tonnadan ortiq yong‘oq yig‘ib olinadi. Yong‘oq yig‘ish va sotish qariyb 60 ming kishiga daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Yong‘oq yetishtirishda Qirg‘izistonning tabiiy o‘rmonlari muhim o‘rin tutadi. Eng mashhur hududlardan biri – Jalolobod viloyatidagi Arslonbob.

Qirg‘iziston nafaqat yong‘oq eksportini oshirish, balki uni qayta ishlashni ham rivojlantirmoqchi. Kelgusida qirg‘iz yong‘og‘i uchun organik sertifikat va geografik ko‘rsatkich olish imkoniyatlarini o‘rganish rejalashtirilgan.

Ulashish:

Ommabop