Qozog‘iston sun’iy intellekt sohasida jahon rekordini o‘rnatdi
Qozog‘iston AI xakatonida ishtirokchilar soni bo‘yicha Guinness World Records rekordini o‘rnatdi.

Rekord 23-sentabr kuni Astanada o‘tkazilgan HackAlem AI xakatonida o‘rnatildi. Xakatonda jami 2 415 kishi ishtirok etdi.
Avvalgi rekord Hindistonga tegishli edi. 2025-yil 21-dekabr kuni Haydarobodda Google for Developers va Google Developer Groups Hyderabad tomonidan tashkil etilgan AI xakatonida 2 089 nafar ishtirokchi qatnashgan. Qozog‘iston bu ko‘rsatkichni 326 nafarga oshirdi.
Natijani Guinness World Records’ning rasmiy hakami Glenn Pollard tasdiqladi. Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tkazilib, shaxsi tasdiqlandi, kirish va chiqish jarayonlari esa shaxsiy beyjlar orqali qayd etildi. Yakuniy hisobga faqat rekord talablarini bajargan va xakaton ishida bevosita qatnashgan ishtirokchilar kiritildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar 10 yo‘nalishda AI yechimlarini ishlab chiqdi: energetika, moliya, davlat boshqaruvi, telekommunikatsiyalar, logistika, kreativ industriyalar, ta’lim, innovatsiyalar, kommunikatsiyalar va savdo. Ularga jami qiymati $1,5 milliongacha bo‘lgan OpenAI, NVIDIA va Arizona State University texnologik hamda ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati berildi.
Ommabop
Qirg‘iziston koinotga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
Qirg‘iziston o‘zining kosmik dasturini rivojlantirish yo‘lida ilk qadamni tashladi. 1-oktabr kuni mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik kuchlar bazasidan orbitaga chiqarildi.
Quyosh energiyasi bilan elektromobil quvvatlash: Qozog‘istonda avtonom stansiya taqdim etildi
Ostona shahrida shahar elektr tarmog‘iga ulanmasdan ishlaydigan, quyosh energiyasida faoliyat yurituvchi to‘liq avtonom elektromobil quvvatlash stansiyasi taqdim etildi.
Tojikiston Starlink bilan yangi loyihalarni tayyorlamoqda
Tojikiston hukumati Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan mamlakat bo‘ylab qanday foydalanishni belgilovchi loyiha tayyorladi.



