Toshkent · shanba, 3-oktabr, 2026
Lenta · Podkastlar · Arxiv
Axborot va publitsistik nashr
Fan

Qirg‘iziston koinotga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi

Qirg‘iziston o‘zining kosmik dasturini rivojlantirish yo‘lida ilk qadamni tashladi. 1-oktabr kuni mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik kuchlar bazasidan orbitaga chiqarildi.

The Stans
2-oktabr, 2026 · Qirg'iziston · 1 daqiqa o'qish
Представители Кыргызстана и международной делегации аплодируют после запуска первого национального спутника страны.
Qirg‘iziston ilk milliy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi — Foto: Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti

Sun’iy yo‘ldosh SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida orbitaga chiqarildi. AQShdagi uchirish jarayonini Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ham kuzatdi.

Sun’iy yo‘ldosh kosmosga yolg‘iz uchirilmadi – u boshqa kosmik apparatlar guruhi tarkibida bitta raketa-tashuvchi yordamida orbitaga chiqarildi. Qirg‘iziston ushbu loyihani Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Sun’iy yo‘ldosh Bishkekdagi Boshqaruv markazidan nazorat qilinadi.

Uning yordamida davlat organlari qishloq xo‘jaligi yerlari, muzliklar, suv havzalari, o‘rmonlar va yaylovlarni kuzatishi, shuningdek, tabiiy ekotizimlardagi o‘zgarishlarni monitoring qilishi mumkin bo‘ladi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yer osti boyliklaridan noqonuniy foydalanish, ruxsatsiz chiqindi poligonlari va boshqa ifloslanish manbalarini aniqlashga ham yordam beradi.

Yana bir muhim yo‘nalish – tabiiy xavflarni monitoring qilish. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, ko‘chkilar, sel va o‘rmon yong‘inlarining dastlabki belgilarini ertaroq aniqlash uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida sun’iy yo‘ldoshdan olinadigan ma’lumotlarni davlatning raqamli tizimlariga integratsiya qilish rejalashtirilgan. Ular asosida hududiy xaritalar va tahliliy modellar yaratiladi. Bu ma’lumotlar qarorlar qabul qilish, investitsiyalarni rejalashtirish va davlat dasturlarini amalga oshirishda qo‘llanilishi mumkin.

Ulashish:

Ommabop